Jilardino D Seriya jamoasini boshqaradi

Mirjalol Normatov
8 sen 2020
"Milan", "Fiorentina" va ko'plab mashhur jamoalarning sobiq futbolchisi Alberto Jilardino "Siena" bosh murabbiyi bo'ldi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, tomonlar 1 yillik shartnomaga imzo chekdi. Ayni damda klub D Seriya o'yinlarida qatnashmoqda.

Jilardino 2018 yili futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. Shu kunga qadar u 2 klubda ishladi, biroq ikkisida ham faoliyati uzoqqa cho'zilmadi.

Italiyada mavsum 19 sentyabr kuni start olishi rejalashtirilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia