Jeymi Karrager "Arsenal"ning durangi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
19 fev 2026, 22:48
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Arsenal"ning durangi APL sovrini uchun kurashni oshirishini aytdi.

Chorshanba oqshomida "Arsenal" safarda "Vulverxempton" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

"Aslida "Arsenal"ning chempion bo'lishini istayman. Chunki chempionning har xilligi liga uchun yaxshi. Shunda so'nggi 3 yilda ligani uch xil jamoa yutgan bo'lardi.

Biroq men biror jamoa katta farq bilan oldinga o'tib ketishini istamasdim. Shu sababli natijadan mamnunman. Oldinda bizni hayajonga soluvchi o'yinlar kutmoqda. Ligada intriga so'nggi turgacha saqlanib qolinadi. Bu Premer-liga uchun ham yaxshi", - dedi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror