Jerrard "Tottenxem" bosh murabbiyligi uchun da'vogar

Alisher
27 iyun 2021, 09:01
"Tottenxem" "Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrardga qiziqmoqda.

Jerrardga qadar London klubi "Vulverxempton" sobiq bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu bilan muzokaralar olib bordi, ammo u muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

"Tottenxem" 2020/21 yilgi mavsum APLda 7-o'rinni egalladi. Apreldan buyon jamoani vaqtinchalik Rayan Meyson boshqarmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jerrard "Reynjers"da 2018 yildan beri ishlamoqda. Uning qo'l ostida jamoa o'tgan mavsum Shotlandiya chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: London Evening Standard