“Jenoa”ga kelishi kutilgan SSKA forvardi “Benevento”ga o'tishi tasdiqlandi

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2021, 20:40
“Benevento” sport direktori Paskuale Foja Adolfo Gaych jamoaga kelishini tasdiqladi, deb yozadi Metaratings.

Manbaga ko'ra, A Seriya jamoasi SSKA futbolchisini 6 oyga ijaraga oladi va kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Fojaning aytishicha, bitim uzayadigan bo'lsa, “Benevento” Gaychni sotib olish huquqini ham qo'lga kiritadi.

Avvalroq, argentinalik forvardga “Jenoa” qiziqqandi. U joriy mavsum klub libosida 18 o'yinda maydonga tushib, 1+1 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: metaratings.ru