Jennaro Gattuzo "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin: "Biz to'g'ri yo'ldamiz"

Mirjalol Normatov
12 avg 2018, 13:42
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Santyago Bernabeu" sovrini doirasida "Real"dan (1:3) uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'tgan mavsumda "Milan" quvnoq futbol namoyish qilgandi, biroq etarlicha ochkolar qo'lga kirita olmagandi. Holat o'zgardi, biz o'yinimizni yaxshilash uchun anchagina mehnat qildik. Jamoa o'z yarim maydonida to'pni yo'qotgan holda gollar o'tkazib yubordi, buni to'g'rilasa bo'ladi.

Umuman olganda, o'yin yaxshi bo'ldi. "Milan" yaxshi holatda. Jamoaning transferlar oynasidagi ishidan ko'nglim to'ldi. Biz to'g'ri yo'ldamiz. Yaqin vaqtlarda Italiya futbolining yetakchilaridan biri bo'lib olamiz", - dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia