Jenas: "Alderveyreld - "Real", "Barselona" yoki MYUda o'ynashi mumkin"

Omonjon To`xtamirzayev
14 avg 2017, 12:12
"Tottenxem" sobiq yarim himoyachisi Jermeyn Jenas londonliklar himoyachisi Tobi Alderveyreldni top-darajadagi futbolchi deb hisoblaydi.

"Tobi Alderveyreld - jahon darajasidagi himoyachi. U bemalol "Real", "Barselona" yoki "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynay oladi.

"Tottenxem" rahbariyati Tobi klubda baxtli bo'lishi uchun barcha ishni qilishi zarur. Garchi sovrinlar yutmagan bo'lsada, u o'zining o'yini bilan ko'p narsaga loyiqligini isbotlab qo'ygan".

Avvalroq Alderveyreld klub shartnomani uzaytirish borasida aloqaga chiqmagani haqida gapirib o'tgandi.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru