Jeko koronavirusdan tuzaldi

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 18:13
"Roma" hujumchisi Edin Jeko koronavirusni engib o'tdi.

Bosniyalik futbolchi noyabr oyi boshida koronavirusni yuqtirib olgandi va shu sababdan "Jenoa" (3:1) hamda "Parma" (3:0)ga qarshi bahslarda maydonga tushmadi.

- Nihoyat, manfiy natija! Endi mashg'ulotlarga qo'shilib, jamoaning g'alabalariga munosib hissamni qo'sha olaman. Olg'a, "Roma"!, deb yozadi futbolchi tvitterida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal