

Francuzlar qatorasiga ikki mundial chempionligini qo'lga kiritgan uchinchi terma jamoaga aylanishi mumkin. Avvalroq, bunday natijaga Italiya (1934, 1938) hamda Braziliya (1958, 1962) erishgandi.
“Ko'klar” 2018 yilgi mundialning hal qiluvchi bahsida Xorvatiyani 4:2 hisobida engishgan. Dide Desham shogirdlari 18 dekabr kuni “Lusayl”da oltin medallar uchun Argentina bilan bahslashadi.



