JCH saralashning ikkita o'yini BAAda bo'ladi

Xayrulla Xoliqov
2 mar 2022, 20:42
24 va 29 mart kuni Osiyo qitasida JCH saralash uchinchi bosqich navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

OFK saytining ma'lum qilishicha, Xitoy - Saudiya Arabistoni (24 mart) hamda Suriya - Iroq (29 mart) uchrashuvlariga BAA mezbonlik qiladi. Xitoy termasi ishtirokidagi bahs "Sharja" stadionida, Suriya terma jamoasi o'yini esa Dubaydagi "Rashid" stadionida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com