
Niderlandiya OAVlarining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda policiya Diperink o'limining sabablari va tafsilotlarini o'rganmoqda. Hozircha bu borada rasmiy bayonot berilgani yo'q.
Rob Diperink 2026 yilgi jahon chempionatida VAR videoassistenti sifatida ishlashi kerak edi. Biroq, hakam aprel oyida voyaga etmagan bolaga nisbatan jinsiy zo'ravonlik qilishda ayblanib, mundialdagi faoliyatidan chetlatilgan edi. Keyinchalik, dalillar yetishmasligi sababli ushbu jinoiy ish yopilgan.