

Jahon chempionati-2026
3-tur
Kongo DR – O'zbekiston 3:1
Bosh hakam: Feliks Cvayer (Germaniya)
Yordamchi hakamlar: Robert Kempter, Kristian Ditc (Germaniya)
To'rtinchi hakam: Alexandro Ernandes (Ispaniya)
VAR hakami: Bastian Dankert (Germaniya)
VAR yordamchilari: Dennis Xigler (Niderlandiya), Jarred Jillett (Angliya)
Zaxira yordamchi hakami: Diego Sanches (Ispaniya)
O'yin direktori: Lusiana Antunes (Braziliya)
FIFA komissari: Maykl Song (Janubiy Koreya)
Gol: Eldor Shomurodov (Abbos Fayzullaev) 10, 0:1, Yoan Vissa (penalti) 68, 1:1, Fiston Mayele 78, 2:1, Yoan Vissa 90, 3:1
Kongo DR: Lion.el Mpasi, Aaron Uan-Bissaka, Aksel Tuanzebe, Natanael Mbuku (Meshak Elia, 73), Samuel Mutussami (Ngalayel Mukau, 73), Brayan Chipenga (Teo Bongonda,73), Noa Sadiki, Sedrik Bakambu (Fiston Mayele, 52), Yoan Vissa, Shansel Mbemba (S), Artur Masuaku ( Joris Kayembe, 83)
Zaxira: Timoti Fayulu, Mate Epolo, Stiv Kapuadi, Dilan Batubinsika, Gael Kakuta, Aaron Tshibola, Sharl Pikel, Simon Banza, Gedeon Kalulu, Edo Kayembe.
O'zbekiston: Abduvoxid Ne'matov, Abdukodir Husanov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Akmal Mozgovoy ( ( Jamshid Iskanderov, 82), Otabek Shukurov (Odiljon Hamrobekov,59), Sherzod Nasrullaev, Eldor Shomurodov (S), Dostonbek Hamdamov (Azizjon G'aniev, 59), Abbosbek Fayzullaev (Oston O'runov,73) Jahongir O'rozov (Igor Sergeev, 82)
Zaxira: O'tkir Yusupov, Botirali Ergashev, Farruh Sayfiev, Ruslanbek Jiyanov, Umar Eshmurodov, Abdulla Abdullaev, Azizbek Amonov, , Sherzod Esanov, Behruzjon Karimov, Avazbek O'lmasaliev.
Ogohlantirish: Noah Sadiki (Kongo DR) 20, Abduqodir Husanov (O'zbekiston) 43, Natanael Mbuku (Kongo DR) 45+5, Sherzod Nasrullaev (O'zbekiston) 47, Samuel Mattusami (Kongo DR) 62
Uchrashuv yakunlandi.
90. GOL. Xayr mundial, xayr Jahon chempionati. Kongo DR uchinchi golni urdi, 3:1. Yoan Vissa aniq zarba bilan Ne'matov darvozasiga yo'l topdi.
90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.
82. O'ZGARISH. Jahongir O'rozov o'rniga Igor Sergeev, Akmal Mozgovoy o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi. Kannavaro bizni eshitdi.
78. GOL. Kongo DR o'yinda ikkinchi golni urdi. Himoyaviy o'yinga qaytishning oqibati mana shu bo'ladi. Bu yutib ketadigan o'yinimiz edi. Lekin Kongo DR gol urib ketdi. Zaxiradan maydonga tushgan Fiston Mayele jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
73. O'ZGARISH. O'zbekiston, Abbos Fayzullaev o'rniga Oston O'runov tushdi
70. Suv ichib olish uchun tanaffus!
68. GOL. Yoan Vissa penaltidan gol urishda adashmadi. Hisob tenglashdi, 1:1
67. PENALTI. Kongo DR 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llaydi.
62. OGOHLANTIRISH. Samuel Mattusami, Kongo DR
59. O'ZGARISH. Doston Hamdamov o'rniga Aziz G'aniev, Otabek Shukurov o'rniga Odil Hamrobekov tushdi.
58. Kongo DRdan ketma-ket hujumlar. Ne'matov bitta zarbani qaytardi.
55. Akmal Mozgovoyga tibbiy yordam ko'rsatildi. U raqib bilan to'qnashib ketdi.
52. O'ZGARISH. Kongo DR, Sedrik Bakambu o'rniga Fiston Mayele tushdi.
51. ZARBAAAA. Alijonovning pasini Eldor Shomurodov zarbaga aylantirdi. Ammo zarba noaniq.
50. Kongo DR bosimni oshirmoqda. Vissa jarima maydonchamiz ichida zarba berdi. Noaniq.
47. OGOHLANTIRISH. Sherzod Nasrullaev raqibining kiymidan tortib qolgani uchun ogohlantirildi.
46. Tanaffusdan so'ng jamoalar tarkibida o'zgarish yo'q.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+5. ZARBAA. Zarba juda kuchli ko'rinish oldi.
45+4. Juda qulay nuqtada jarima zarbasini ishladik. Ko'ramiz, bu qanday yakun topar ekan.
45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
43. OGOHLANTIRISH. Abduqodir Husanovga sariq kartochka ko'rsatildi.
41. Kongo DRning hujumini bartaraf etdik. Fayzullaev to'pni chiqarib yubordi.
37. ZARBAAAA. Doston Hamdamovning uzatmasifat zarbasini raqib posboni qaytardi.
34. Abbos Fayzullaevga tibbiy yordam ko'rsatildi. U qo'lini lat edirib oldi.
32. Cipenga texnikasi bilan ajralib turibdi. Bizdan Abbos Fayzullaev.
27. ZARBA. Vissa jarima maydonchamiz ichida zarba yo'lladi. Baxtimizga noaniq.
25. Standartlarda ishlanmalarimiz yo'q. Mirjalol Qosimovni bitta o'yinga qaytarib tursak ham bo'ladi.
25. O'yinga qaytdik. Bizda burchak zarbasi bor.
23. Suv ichib olish uchun tanaffus! Kerakli tanaffus, Kongo DR bosim qilayotgandi. Bu biroz hovurdan tushiradi.
20. OGOHLANTIRISH. Noah Sadiki, Kongo DR. Afrikaliklar juda qo'pol o'ynamoqda va bitta sariq kartochka kerak edi.
18. VAR vaziyatni ko'rdi va golni hisobga olmadi. Mbuku Nasrullaevni yuziga urgan edi. Ne'matovga ogohlik qo'ng'irog'i.
17. GOL. Kongo DR uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Maydon markazidan boshlangan hujum chap qanotga o'tdi, Mbuku aniq zarba bilan Ne'matov darvozasiga to'pni joyladi. VAR bor! Undan oldin Nasrullaevga qo'pollik ishlatildi-ku!
15. O'yin bizning nazoratimizda.
10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. BO'LAR EKAN-KUUUUUUUU. Eldor Shomurodov jarima maydonchasi ichida juda sovuqqon o'ynadi va to'pni raqib darvozasi ustidan o'tkazib to'rga joylab qo'ydi. Unga Abbos juda yaxshi imkoniyat yaratib bergan edi. Shomurodov bundan foydalandi.
5. Bo'lar ekan-ku, qayerda edik shuncha paytgacha.
4. ZARBAAAA. Juda chiroyli kombinaciya tashkil qildik. Nasrullaev juda faol o'ynadi. Jarima maydonchasi ichida sovuqqonlik yetishmadi.
2. Ha, o'yindagi ilk hujum bizga tegishli bo'ldi. Bu kerak edi. Ishonchni qaytarib olish uchun ham kerak edi.
1. GOOOOOOOOL. Ilk daqiqalardan katta tezlikda oldinga o'tdik lekin Shomurodovning goli o'yindan tashqari holat sabab bekor qilindi. Bir qalqib tushdik.
O'yin boshlandi. Yoki bugun yoki 4 yildan keyin yoki hech qachon.
Jamoalar maydonga chiqib keldi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.

Futbolchilarimiz mundialga muzqaymoq egani borishmaganini isbotlashlari kerak bo'lgan o'yin, okean ortiga borganlarga quruq qaytmasligini taminlaydigan o'yin.
“Oq bo'rilar” bugun Jahon chempionati guruh bosqichidagi oxirgi uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib - Kongo DR terma jamoasi.
Assalomu alaykum, tunlarni bedor o'tkazayotgan, tong nafasida O'zbekiston terma jamoasi uchrashuvini tomosha qilishga oshiqayotgan ishqibozlar



