JCH-2022 saralashi. Ekvador terma jamoasi Xames boshchiligidagi Kolumbiyaga 6 ta gol urdi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2020, 07:24
JCH-2022 saralashi doirasida 4-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Ekvador terma jamoasi o'z uyida Kolumbiyani qabul qilib, 6:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Ushbu g'alabadan so'ng Ekvador ochkolari sonini 9 taga etkazib, 3-o'ringa ko'tarildi. Kolumbiya esa 4 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.

Ekvador – Kolumbiya 6:1

Gollar: 1:0 – 7 Arboleda, 2:0 – 9 Mena, 3:0 – 32 Estrada, 4:0 – 39 Arreaga, 4:1 – 45, penalti Xames, 5:1 – 78 Plata, 6:1 – 90 Estupinyan.

Ekvador – Dominges, Arboleda, Arreaga, Estupinyan, Mendes, Perlasa (Presiado, 87), Ibarra (Kaysedo, 81), Munos (Plata, 32), Mena (Roxas, 87), Estrada, Kaysedo.

Kolumbiya – Vargas, Moxika (Fabra, 40), Murilo, Orexuela (Muriel, 41), Sanches, Uribe (Barrios, 41), Kuadrado, Xames, Lerma (Kardona, 65), Dias (Suares, 41), Sapata.

Ogohlantirishlar: Lerma (13), Ibarra (45), Perlasa (51), Murilo (54), Plata (60), Kuadrado (66), Mendes (69), Suares (86), Fabra (90).

Chetlatish: Plata (80).


TAS-IX

 


Agar sizda TAS-IX hududidagi video ko'rsatmasa uni telegramdagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia