JCH-2022 saralashi. Argentina o'z maydonida Paragvayni yuta olmadi

13 noya 2020, 07:55
JCH-2022 saralashi 3-turi boshlandi.

Argentina terma jamoasi o'z maydonida Paragvayni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mehmonlar safida Anxel Romero hisobni ochgan bo'lsa, mezbonlarning goliga Nikolas Gonsales mualliflik qildi. Takidlash joiz, Leo Messining ikkinchi bo'limda urgan goli videotakrorlardan so'ng hisobga olinmadi.

Argentina – Paragvay 1:1

Gollar: 0:1 – 21, penalti Romero, 1:1 – 41 Gonsales.

Argentina – Armani, Martines, Montiel, Otamendi, de Paul (Alario, 83), Paredes, Okampos (Di Mariya, 60), Palasios (Lo Chelso, 29), Gonsales, Martines (Dominges, 83), Messi.

Paragvay – Silva, Roxas, Balbuena, Gomes, Alonso, Kardoso Lusena, Vilyasanti (Morel, 74), Ximenes (Roxas, 86), Almiron (Alderete, 90), Romero (Sanabriya, 86), Leskano (Peres, 74).

Ogohlantirishlar: Romero (30), de Paul (45), Kardoso Lusena (47), Peres (76), Montiel (78), Almiron (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia