JCH-2022 saralash. 5 sentyabr kuni o'ynamaydiganlar nima qiladi?

Xayrulla Xoliqov
30 avg 2019, 16:13
Xabaringiz bor, 5 sentyabrdan JCH-2022 saralash bosqichining Osiyo mintaqasi ikkinchi raund bahslariga start beriladi.

"D" guruhida kurash olib boradigan O'zbekiston terma jamoasi qur'a jarayonida ikkinchi savatchadan o'rin olgani bois 5 sentyabr kuni o'ynaydi, biroq 10 sentyabrda dam oladi. Shu bois 10 sentyabr kuni Iroq termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. 

Qur'a tashlashda 1-savatchada bo'lgan terma jamoalar esa 5 sentyabr kuni o'ynamaydi va bahslarga 10 sentyabrdan qo'shiladilar. Tabiiyki 5 sentyabr o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun ayni muddao. Lekin Xitoy, Eron, Avstraliya terma jamoalarining 5 sentyabrda kim bilan o'ynashi haqida hech qayerda ma'lumot berilmagan. 

Bizning guruhdoshimiz Saudiya Arabistoni shu kuni Maliga qarshi nazorat bahsini o'tkazadi va mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi. Shuningdek, 5 sentyabr kuni Yaponiya Paragvay, Janubiy Koreya esa Gruziya bilan o'ynaydi. BAA terma jamoasining Shri Lankaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi ko'rsatilgan, faqat o'yin sanasi 31 avgust yozib qo'yilgan. 

Lekin biz uchun muhimi 5 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasining Falastinga qarshi qanday o'yin ko'rsatishi. Undan keyin Saudiya Arabistoni - Mali o'rtoqlik uchrashuviga e'tibor qaratsak bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia