JCH-2022ni o'zida qabul qiluvchi birinchi stadionning ochilish marosimidan eksklyuziv fotolavhalar

Eldor Akmurzayev
18 may 2019, 01:15
16-may kuni Qatar kubogining hal qiluvchi bahsida Al-Duhayl klubi Xavi sardorligidagi Al-Saddni yirik hisob mag'lub (4:1) etib, chempionlikni qo'lga kiritdi.

Bahs JCH-2022ni o'zini qabul qiluvchi stadionda bo'lib o'tdi va uning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Qayd etish joizki, Al-Vakra o'yingohi mundial o'tkaziladigan stadionlar orasida birinchi bo'lib rasmiy o'yinni o'zida qabul qildi. Stadion sig'imi 40 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Tantanali marosimdv mashhur futbol yulduzdari ham qatnashdi. Qayd etilishicha, Al-Vakrada mundialning chorak final bahslari o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia