

Uchinchi bosqichda o'z guruhlarida uchinchi o'rinni olgan ikki jamoa Suriya hamda Avstraliya o'zaro ikkita uchrashuv o'tkazishadi. Bugun Malayziyadagi "Xang Jebat" stadionida Suriya terma jamoasi mezbon sifatida Avstraliyani qabul qiladi. 10 oktyabr kuni Sidneyda javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bugungi o'yinni eronlik Alirizo Fag'oni boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Eslatib o'tamiz, ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib bo'lgan jamoa noyabr oyida KONKAKAF mintaqasining to'rtinchi jamoasiga qarshi pley-off uchrashuvini o'tkazadi.
Suriya - Avstraliya
5 oktyabr. Malayziya. "Xang Jebat" stadioni. 17:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Alirizo Fag'oni (Eron)




