JCH-2018. Putin finalga keladi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2018, 20:23
Rossiya prezidenti Vladimir Putin JCH-2018 finalida Xorvatiya va Fransiya uchrashuvini stadiondan ko'radi.

15 iyul kuni Vladimir Putin futbol bo'yicha Jahon chempionati finaliga keladi va Lujniki stadionida Fransiya hamda Xorvatiya o'rtasidagi o'yinni tomosha qiladi.

Bundan tashqari Putin taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi, – deb yoziladi Kreml matbuot xizmatida.

JCH-2018 finaliga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich ham kelishi kutilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kremlin.ru