JCH-2014 finalining qahramoni hozir qayerda?

17 iyun 2021, 16:22
Nemis futbol ittifoqi texnik direktori Mattias Zammer 2010 yilda uni Germaniya futboli tarixidagi eng yaxshi iqtidorlardan biri sifatida tariflagan.

Mario Gyotce ajoyib tezlik, texnika, dribling va o'ziga nisbatan o'ta yuqori ishonchi tufayli 18 yoshidayoq dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatorida tilga olingandi. U maydon markazi, har ikkala qanotda bir xil o'ynay olishidan tashqari "yashirin to'qqizlik" vazifasini ham a'lo darajada bajarar edi.

Mario 2010-13 yillarda ajoyib natijalar qayd etgan Yurgen Klopp boshchiligidagi "Borussiya"ning eng muhim va ajralmas bo'laklaridan biri edi. U 2013 yilning yozida "Bavariya"ga ko'chib o'tdi, ammo Myunxenda jamoaning yetakchisiga aylana bilmadi. Gyotce aksar holatlarda Frank Riberi, Aren Robben, Tomas Myuller singari futbolchilarga raqobatda yutqazar edi. Shu tariqa uning faoliyatida pasayish yuzaga keldi. 

2016 yilda adashganini tan olib, Dortmundga qaytdi. Biroq, "asalarilar" safidagi parvozi ham dastlabkisi kabi yuksak chiqmadi.

Braziliyada o'tkazilgan mundial finalida g'alaba golini urib, Messi va uning muxlislariga ko'z yoshi to'ktirgan futbolchi so'nggi 2 yilda katta sahnadan butunlay yo'qolib qolgandek tuyulishi mumkin. 

Ammo, u hamon maydonda javlon urishda davom etyapti. 29 yoshli Mario ayni paytda Eyndxovenning PSV klubi sharafini himoya qilmoqda. U Niderlandiya chempionatining o'tgan mavsumida 18 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 5 gol va 6 ta samarali uzatmani yozdirib qo'ydi.

"Atletiko"dan "Barselona"ga o'tgan Arda Turan hozir qayerda?

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia