Jardim muxlislarga vada berdi

Mirjalol Normatov
18 avg 2019, 15:15
"Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim Fransiya chempionati doirasida "Mec"dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatga izox berdi.

"Bu og'ir mag'lubiyat. Darvozamizga belgilangan penalti hamda chetlatilishdan keyin mag'lubiyatga uchraydigan axvolga tushib qolgandik. Balki VAR buni ko'rmay qolgandir, balki men. Bizning mavsumga tayyorgarligimiz 6 hafta davom etdi. Biz tarkibga kelgan yangi futbolchilarni chetga chiqarib qo'ya olmaymiz. Oldindagi asosiy maqsadimiz - qiyinchiliklarni engib o'tish. Biz tezda raqobatbardosh jamoa shakllantirishga harakat qilyapmiz va yaqin vaqtlarda shunday bo'la olamiz. Bunga vada beraman", - dedi Jardim.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe