Janubiy Koreya va Tailand termalari murabbiylari o'yindan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
9 iyun 2022, 00:14
Bugun "Paxtakor" stadionida Janubiy Koreya va Tailand termalari ishtirokidagi bahs bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvdan keyin ikki termalar murabbiylari matbuot anjumanlarida ishtirok etdi.

Janubiy Koreya bosh murabbiyi Xvang Sun Xong ishtirokidagi matbuot anjumani

- Nima uchun Li Kan In deyarli markaziy himoyachilar oldida o'ynadi? 

- U yarim himoyachi sifatida yaxshi o'ynay oladi, shu bois bugun uni shu yerda o'ynatdim. 

- Bugun jamoangizni muxlislar faol tarzda qo'llab quvvatlab turishdi. Ularga nimadir demoqchimisiz? 

- Ha, albatta. Muxlislarimizga rahmat aytaman. Bugun ular bizga katta yordam berishdi. Umid qilamanki, muxlislarimizni ushbu musobaqada yana bir necha bor xursand qilamiz. 

- Bugun jamoangiz o'yiniga qanday baho berasiz? 

- Ijobiy va salbiy jihatlar bo'ldi. Ishlashda va rivojlanishda davom etishimiz kerak. Ammo o'z navbatida shogirdlarimni pley-off bosqichiga chiqqanimiz bilan tabriklayman. 

- Nima uchun jamoangiz faqat bitta gol urdi? 

- Bu futbol. Muhimi g'alaba qozondik va guruhdan chiqdik.

Tailand termasi bosh murabbiyi Vuravot Srimaka  ishtirokidagi matbuot anjumani

- Tailand futbolchilari ikkinchi taymda juda charchaganga o'xshadi. Mag'lubiyatning asosiy sababi shu bo'ldimi? 

- Ha buni tan olish kerak. Bizning muhim futbolchilarimiz charchab qolishdi. Bu esa natijaga ta’sir qildi. 

- Nima uchun bugun shogirdlaringiz raqib futbolchilarini to'xtatib qolishda qiynalishdi? 

- Janubiy Koreyaning barcha futbolchilari yuqori darajada o'ynashdi. Bugun raqibga qarshilik ko'rsatish qiyin kechdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia