Janubiy Koreya. "Kvandju"da ilk g'alaba, "Seongnam"da esa ilk mag'lubiyat

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020, 16:52
Janubiy Koreya chempionatining 5-turi doirasidagi 2 o'yin bo'lib o'tdi.

Qayd etish kerak, uchrashuvning so'nggi daqiqalarida braziliyalik Felipe raqiblari darvozasiga yo'l topib, "Kvandju"ga mavsumdagi ilk g'alabani taqdim qildi. O'yinda hamyurtimiz Rustam Ashurmatov to'liq 90 daqiqa o'ynadi.

"Suvon" - "Kvandju" 0:1

Gollar: Felipe (90+1).

"Suvon": No Dong-Geon, Daniel Xenri, Min San-Gi, Li Jong-Sung, Kim Min-Vu, Ko Sung-Beom, Myun Jun-Ja, Yeom Ki-Xun, Park Sang-Xyuk (Ko Da-Yung, 46), Alan Taggart (Suleyman Krpich, 77), Lim Sang-Xyub (Terri Antonis, 61).

"Kvandju: Li Jin-Xyun, Rustam Ashurmatov, Choy Jun-Xyuk, Xong Jun-Xu, Park Jeong-Su, Yeo Bong-Xun (Li Eu-Deum, 57), Li Xi-Gun, Yeo Reum, Vilyan (Kim Jeon-Xvan, 65), Felipe, Lim Min-Xyuk.

Jamshid Iskanderov harakat qilayotgan "Seongnam" esa kutilmaganda o'z maydonida "Tegu"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Gap shundaki, uchrashuvda jamoa hisobni ochgandi.

"Seongnam" - "Tegu" 1:2

Gol: Yang Dong-Xyen (56-pen) - Edgar Silva (66), Jong Ta-Vuk (72).

"Seongnam": Kim Yong-Kvang, Choy O-Bak (Tomislav Ki, 65), Choy Ji-Mok, Yeon Je-Un, Ma Sang-Xun, Li Ta-Xi, Lim Sun-Yung, Kvon Sun-Xyung, Jamshid Iskanderov, Yang Dong-Xyen (Chon Byong-Chan, 80), Xong Si-Xu (YU In-Su, 70).

"Tegu": Choy Yong-Eun, Kim Vu-Seuk, Jeong Tae-Vuk, Jo Jin-Vu (Kim Dong-Jin, 83), Xvang Sun-Min, Kim Seong-Min, Chezinya, Kim Dae-Von, Jung Seung-Von, Edgar Silva, Li Jin-Xyun.

Shu orqali turnir jadvali shunday ko'rinish oldi.

>>>Janubiy Koreya chempionati<<<

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia