Jan: "Klopp mendan xafa bo'lgandi"

Mirjalol Normatov
10 apr 2019
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan "Liverpul"dan ketgani borasida gapirdi.

"Liverpul"dan ketayotganligimni bilganidan keyin Klopp mendan xafa bo'lgandi. Biroq men unga yangi sarguzashtlar izlayotganimni tushuntirdim va u meni tushundi. Mening qarorim "Liverpul" yoki Kloppga qasdma-qasd qilinmagandi. Shunchaki "Yuventus"da yangi chaqiruvlarni istadim. "Liverpul"dan doimo minnatdorman", - dedi Jan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: DAZN