Jampaolo "Milan"ning asosiy maqsadi qanday ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019, 10:25
"Milan"ning yangi bosh murabbiyi Marko Jampaolo jamoaning maqsadlari haqida gapirdi.

"Milan"ning natijalari bilan birgalikda o'yinning jozibadorligiga ham katta e'tibor beramiz. Klubning tarixi shunday buyruq beradi. Bu jamoa ajoyib o'yin ko'rsatishga qodir. "Milan"ning asosiy maqsadi - o'tmishdagi chiroyli o'yinlarini yana qaytarish. Shu orqali ajoyib g'alabalarga erisha olishimizga ishonaman", - dedi 51 yoshli mutaxassis.

Oldinroq Jampaolo "Milan" bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal