Jamoliddin Sharipov: "Pley-offda oson o'yinlar bo'lmaydi"

Narzulla Saydullayev
6 mar 2017, 19:40
Bugun futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning chorak final uchrashuvlariga start berildi.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" "Paxtakor"ga qarshi dastlabki o'yinda 11:4 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan keyin olmaliqliklar hujumchisi Jamoliddin Sharipov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Pley-offda kuchsiz jamoa bo'lmaydi, faqat munosiblar bu ergacha yetib kelishgan. Bugun imkoniyatlarimizni maksimal darajada ishga solishga harakat qildik. Buning samarasi o'laroq, yirik g'alabani qo'lga kiritdik. Bu ertangi bahsga a'lo kayfiyat bilan tayyorgarlik ko'rishimizga sabab bo'ladi.

"Paxtakor" yosh jamoa. O'ylashimcha, ular o'zlari uchun zarur bo'lgan tajribani to'plashmoqda. Bugun ikkinchi bo'limda "Paxtakor" o'yinchilari bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi.

Pley-offda oson o'yinlar bo'lmaydi. Chorak finalga chiqqan barcha jamoalar chempionlik uchun kurashadi deb o'ylayman", - deydi Sharipov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia