

O'zbekiston futzal Assotsiatsiyasi taqdirlash marosimida mavsumning eng yaxshilarini aniqladi. "Olmaliq" jamoasi hujumchisi Jamoliddin Sharipov mavsum davomida raqiblar darvozasiga 38 ta to'p kiritgan holda chempionat to'purari bo'ldi. Ma'lumot uchun, uning eng yaqin taqibchilari Farhod Abdumavlonov hamda Davron Choriev (ikkisi "Ardus")lar 22 tadan golga mualliflik qilishdi.




