Jamoani qo'llab-quvvatlash uchun stadionning ogohlantirish tizimidan foydalangan "Terek" jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
22 mar 2017, 18:14
Rossiya futbol ittifoqi tartib-intizom qo'mitasi rahbari Artur Grigoryanc RFPLning 20-tur uchrashuvlari bo'yicha qabul qilingan qarorlar haqida aytib berdi.

"Terek" - SSKA o'yinida jamoani qo'llab-quvvatlash uchun stadion ogohlantirish tizimidan foydalanildi. Buning uchun "Terek" 100 ming rubl jarima to'laydi.

"Zenit" - "Arsenal" uchrashuvi bo'yicha: Mezbon jamoa muxlislari pirotexnikadan foydalangani tufayli, "Zenit" 100 ming rubl jarimaga tortildi" - deydi Grigoryanc.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com