Jamoa bir oilaga aylanishi kerak yoxud "Buxoro" futbolchisining keyingi manzili qaer?

Alisher
11 yanv 2022, 14:07
"Buxoro" o'z qarorgohida yangi mavsumga hozirlikni davom ettirmoqda.

Jamoaning tarkibida o'zgarishlar etarlicha. Ayni paytda jamoa bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan Anvar Jo'raev keyingi taqdiri va boshqa jamoalardan takliflar haqida fikrlarini bildirib o'tdi. 


- "Buxoro" jamoasida ayni paytda yangi murabbiy va yangi futbolchilar ishtirok etmoqda. Klubdagi taqdiringiz qanday kechishi mumkin?

- Hozircha o'zimizning bazamizda shug'ullanmoqdamiz. Yangidan jamoa shakllanmoqda. Bu yil shartnomam yakunlanadi. Hozircha jamoada qolamanmi yoki yo'qmi, bilmayman. 

- Hakim Fuzaylov bilan bu borada gaplashdingizmi?

- Murabbiy bilan gaplashib oldim. Ayni paytda shu yerdaman. Ularga yangi takliflar bo'lsa o'ylab ko'rishimni aytdim. 

- Taklif bilan chiqayotgan jamoalar Superligadan yoki Pro ligadan?

- Biroz kutib yakuniy qarorga kelaman. Ushbu fikrimni rahbariyatga ham aytdim. 

- "Buxoro" nimani o'zgartirish evaziga Superligaga chiqishi mumkin?

- Jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. Tarkib yanada kuchaytirilib bir oilaga aylantirilsa, maqsadga erishsa bo'ladi. 

- Avvalgi yilgidan qarzdorliklar yo'qmi?

- Qarzdorliklar bor. Yaqin kunlarda hal qilishligini ma'lum qilishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia