Jalilov navbatdagi yig'inga chaqirilgan tarkibni 2 oktyabr kuni e'lon qiladi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2015, 11:12
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilov 2 oktyabr kuni tarkibni e'lon qiladi.

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan olimpiyachilar 9-13 oktyabr kunlari Toshkentda navbatdagi yig'inini o'tkazadi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning asosiy qismini BAAning Dubay shahrida o'tkazadi. Ikki bosqichli tayyorgarlikning birinchisi 2-14 dekabr kunlariga to'g'ri kelsa, ikkinchisi 17-28 dekabr kunlari bo'lib o'tadi. 9 yanvarda boshlanadigan Osiyo chempionatiga borish oldidan ham olimpiyachilar 2 yanvarda Dubayga jo'nab kyetib u yerda yana bir hafta mobaynida tashkil qilinadigan yig'inda musobaqaga tayyorgarlik ko'radilar.

Viktor Jalilov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasining olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish yo'lidagi tayyorgarlik jarayoni uchun O'zbekiston Futbol Federatsiyasi murabbiylar shtabining talablari asosida mavjud shart-sharoitlarni muhayyo qilib bergan. Tayyorgarlikning reja asosida borishini bosh murabbiy nazorat qilib boradi va federatsiya rahbariyatiga hisobot beradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com