Boyan Naydenov: "Yaxshi o'ynab mag'lubiyatga uchradik"

Aslanov Jasurbek
21 avg 2021, 14:16
Viktor Jalilov murabbiyligidagi "Navbahor" jamoasi O'zbekiston kubogi 1/8 finalida "Bunyodkor"ga (0:1) mag'lubiyatga uchrab musobaqa bilan xayrlashdi.

Mazkur bahsdan so'ng jamoaning makedoniyalik futbolchisi Boyan Naydenov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda o'zimizga o'xshamadik. Harakatlarimiz qovushmadi. Tanaffusdan so'ng hujumkorlikni oshirdik. Yaratgan xavfli vaziyatlarimiz golga aylanmadi. Umuman olganda yaxshi o'ynab yutqazdik",- deydi Boyan Naydenov. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia