Jahongir Usmonovni tabriklaymiz!

Tolibjon Qosimov
21 may 2017, 09:23
Bugun 21 may O'zbekiston futzal Assotsiatsiyasi vice-prezidenti va "Ardus" klubi prezidenti Jahongir Usmonovning tug'ilgan kuni.

Shu munosabat bilan O'FA va "Ardus" jamoasi xodimlari nomidan Jahongir Mirabrorovichga uzoq umr, sihat-salomatlik, mamlakatimizda futzalni rivojlantirishda kuch-quvvat tilab qolamiz.

Eslatib o'tamiz, Jahongir Usmonov ayni kunlarda tarixda ilk marotaba o'tkazilayotgan futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi delegaciyasi rahbari sifatida Tailandda bo'lib turibdilar. O'zbekistondagi barcha muxlislar nomidan yoshlarimiz bilan birga Bangkokdan ulkan zafarlar bilan qaytishlariga tilakdoshmiz.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz