Italyan top-klubi Alonsoni "Barselona"dan ilib ketmoqchi

Alisher
31 avg 2022, 18:47
Milanning "Inter" klubi "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni "Barselona"dan ilib ketmoqchi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "neradzurrilar" vakillari ispaniyalikning atrofidagi insonlar bilan kelajakdagi rejalar bo'yicha aloqaga chiqishdi.

"Inter"ga birdan Alonso faqat "Barselona"ga o'tishni xohlayotgani ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniyada transfer oynasida 2 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:00da yopiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano