Italiya Kubogi. “Lacio” mehmonda “Inter”ni mag'lub etdi va 1/2 finalga chiqdi

Aslanov Jasurbek
1 fev 2017, 03:34
Italiya Kubogining chorak finalidan o'rin olgan yana bir uchrashuvi yakunlandi.

Unda Milanning “Inter” klubi o'z maydonida Rimning “Lacio” jamoasini qabul qildi. “San-Siro” stadionida o'tkazilgan uchrashuv kutilmaganda “Inter”ning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Rimliklardan kiritilgan gollarga Felipe Anderson va Lukas Bilya, “Inter”dan esa Marselo Brozovich mualliflik qilishdi. Har ikki jamoadan ham bir nafardan futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi.


O'yinning 54-daqiqasida “Inter” himoyachisi Joao Mirandaga to'g'ri-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatilgan bo'lsa, 76-daqiqada “Lacio” himoyachisi Shtefan Radu ikkinchi ogohlantirish evaziga chetlatildi.  

Endi “Lacio” yarim finalda “Roma” - “Chezena” uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi. Bu o'yin bugun o'tkaziladi. Ikkinchi yarim finalda esa “Yuventus” va “Napoli” jamoalari uchrashishadi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif