Italiya klubi egasi koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
8 mar 2020
Italiyaning "Novara" klubi egasi Mauricio Rullo Xitoyda tarqalishni boshlagan koronavirus "COVID-19"ni yuqtirib oldi

Rullo Germaniyaga xizmat safari uyushtirganida ushbu kasallikni yuqtirib olgan. Ayni damda u kasalxonada davolanishning maxsus kurslarini o'tamoqda. Klubdagilar ushbu kasallik boshqalarga yuqmasligining oldini olmoqda.

Bugungi kunda Italiya koronavirusdan zararlanganlar soni bo'yicha 3-o'rinda ketmoqda - 5883. Xitoyda 80965 va Janubiy Koreyada 7134 nafar insonda koronavirus borligi aniqlangan.

Butun dunyoda virus yuqtirganlar 106 ming insondan oshadi. Ulardan 60 mingga yaqini kasallikdan tuzalishdi. 3600dan oshig'i esa vafot etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NovaraChannel