Italiya futbol federatsiyasi A Seriya joriy mavsumini ertaroq yakunlash bo'yicha 3 xil variantni ko'rib chiqmoqda

Eldor Akmurzayev
10 mar 2020, 21:55
Koronavirus tarqalishi xavfi tufayli yuqori divizion bahslari 3 aprelga qadar qoldirilgan edi.

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina A Seriyaning 2019/20 yilgi mavsumini tezroq tugatish bo'yicha quyidagi takliflarni berdi:

- chempion aniqlanmaydi, ammo evrokuboklarda qatnashuvchi jamoalar turnir jadvalining ayni holati bo'yicha tanlab olinadi;

- mavsumni chempionat jadvalining hozirgi holati bo'yicha yakunlash;

- chempionlik uchun kurashuvchi va B Seriyaga tushib ketadigan jamoalar o'rtasida pley-off bahslarini o'tkazish.

Ushbu variantlarning bari 23 mart kuni o'tkaziladigan ijroiya qo'mitaning navbatdagi yig'ilishida ko'rib chiqiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: FIGC