

Chempionat kumush medallari uchun kurash olib borayotgan jamolar to'qnashuvida birinchi bo'limning birinchi yarmiga kelib o'yin taqdiri hal bo'lib ulgurdi.
A seriya kashfiyoti -o'z uyida 19 ta uchrashuvdan buyon (barcha turnirlarda) mag'lub bo'lmay kelayotgan “Atalanta” kutilmaganda “Inter” mag'lub bo'ldi. Konte shogirdlari birinchi daqiqadayoq hisobni ochishgan bo'lsa, 20-daqiqadayoq o'yinda yakuniy hisob o'rnatildi -0:2.
Italiya chempionati, 38-tur.
Atalanta – Inter 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 1 D`Ambrozio, 0:2 – 20 Yang.
Atalanta – Gollini (Sportello, 5), Toloi, Kaldara, Gimshiti, Kastan (Xatebur, 61), de Ron, Froyler (Malinovskiy, 61), Gosens, Gomes (Da Riva, 90), Pashalich (Muriel, 61), Sapata.
Inter – Xandanovich, Godin, de Vrey, Bastoni (Shkrinyar, 77), D`Ambrozio (Biragi, 77), Brozovich, Galyardini, Yang (Mozes, 90), Barella (Eriksen, 90), Lukaku, Martines (Sanches, 71).
Ogohlantirish: de Vrey (23), Gimshiti (25), Toloi (44), Brozovich (56), Xandanovich (86).
Restartdan keyin istalgan raqibini istalgan usulida mag'lub etib kelayotgan “Milan” bu gal “Kalyari”ni ayb o'tirmadi. Milanliklar faxriysi Zlatan Ibragimovich esa doimgidek bu o'yinni ham golsiz tark etmadi.
Milan – Kalyari 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 10, avtogol Klavan, 2:0 – 55 Ibragimovich, 3:0 – 57 Kastilexo.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Ker (Leo Duarte, 79), Gabbiya, Teo, Bennaser (Breshanini, 66), Kessie, Kastilexo (Maldini, 65), Chalxanoglu (Salemakers, 65), Rafael Leau (Bonaventura, 38), Ibragimovich.
Kalyari – Krano, Valyukevich, Cheppitelli (Karboni, 62), Klavan (Ladinetti, 62), Mattello, Ionice (Marigosu, 79), Nandes, Farago, Likoyannis, Simeone (Pavoletti, 90), Pereyro (Paloski, 62).
Ogohlantirish: Pereyro (13), Farago (45), Krano (58), Salemakers (67).
Gattuzo boshchiligidagi “Napoli” bu turda o'z maydonida “Lacio”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. “Oltin butsa” uchun kurash olib borgan Immobilening goli ham poytaxt klubiga safardan ochko bilan qaytishiga yordam bermadi.
Napoli – Lacio 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Fabian Ruis, 1:1 – 22 Immobile, 2:1 – 54, penalti Insine, 3:1 – 90 Politano.
Napoli – Ospina, Di Lorenco, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy (Gulyam, 78), Fabian Ruis, Lobotka (Demme, 79), Zelinski (Politano, 85), Kalexon (Losano, 79), Mertens, Insine (Elmaz, 84).
Lacio – Strakosha, Gabarron (Vavro, 63), Luis Felipe, Acherbi (Bashtush, 63), Laccari (Lukaku, 83), Milinkovich-Savich, Parolo (Anderson, 87), Luis Alberto, Marushich, Immobile, Korrea (Adekane, 87).
Ogohlantirish: Kulibali (15), Immobile (69), Mariu Ruy (69), Elmaz (90), Milinkovich-Savich (90).



