Italiya. 9-tur. "Roma" va "Yuventus" g'alaba qozondi, "Milan" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2013, 21:16
Italiya A seriyasining 9-turidan o'rin olgan yana olti o'yin yakunlandi.
Peshqadam “Roma” safarda “Udineze” ustidan g'alabaga erishdi. 66-daqiqadan boshlab 10 kishi bo'lib qolgan rimliklar 82-daqiqada Maykl Bredli tomonidan urilgan gol evaziga 9-g'alabaga erishishdi!

“Milan” esa “Parma”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi 2:3. “Parma” g'alaba to'pini so'nggi soniyalarda urgani diqqatga sazovor.

“Yuventus” Turinda Vidal va Teves tomonidan urilgan gollar tufayli “Jenoa”ni taslim qildi – 2:0.

Italiya chempionatining musobaqa jadvali bilan saytimizning maxsus bo'limida tanishib olish mumkin.

Parma – Milan 3:2  
27 oktyabr, 18.00, Ennio Tardini
Gollar:
1:0 – 11 Parolo, 2:0 – 45 Kassano, 2:1 – 61 Matri, 2:2 – 63 Silvestre, 3:2 – 90+4 Parolo.
Parma – Mirante, Kassani, A. Lukarelli, Gobbi, Felipe (Benaluan, 76), Parolo, Gargano, Biabiani, Markonni, Amauri (Sansone, 64), Kassano (Rozi, 73).
Milan – Gabriel, Konstan, Silvestre, Sapata, Abate, N. de Yong, Birsa, Montolivo, Poli (Kaka, 52), Robino (Saponara, 88), Balotelli (Matri, 52).
Ogohlantirishlar: Balotelli (34), Parolo (78), N. de Yong (83), A. Lukarelli (83), Gargano (90), Sapata (90).

Udineze – Roma 0:1  
27 oktyabr, 18.00, Friuli
Gol:
0:1 – 82 Bredli.
Udineze – Kelava, Silva, Larangeyra, Naldo, Erto (Basta, 76), Pereyra, Agemang-Badu, Pinci, Laccari (Maykosuel, 85), Di Natale, Muriel (Ranegi, 90).
Roma – De Sanktis, Maykon, Benatiya, Kastan, Balcaretti, Florenci (Markino, 61), Strotman, Lyayich, De Rossi, Pyanich (Torosidis, 68), Borrello (Bredli, 78).
Ogohlantirishlar: Maykon (11), Muriel (20), De Rossi (24), Florenci (39), Erto (41), Pereyra (86), Pinci (90), Markino (90).
Chetlatish: Maykon (66).

Yuventus – Jenoa 2:0 (2:0, 0:0)
27 oktyabr, 18.00, Yuventus Stedium
Gollar
: 1:0 – 23, penalti Vidal, 2:0 – 36 Teves.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Bardzali, Kellini, Asamoa (de Chele, 73), Pogba, Vidal (Padoin, 87), Pirlo, Isla, Lorente (Djovinko, 75), Teves.
Jenoa – Perin, Vrsalko, Markeze, Portanova, Manfredini, Antonini, Kucka, Antonelli (Fetfatcidis, 46), Bertolachchi (Senturion, 79), Bondini, Djilardino (Konate, 46).
Ogohlantirishlar: Teves (8), Fetfatcidis (56).

Kevo – Fiorentina 1:2 (1:1, 0:1)
27 oktyabr, 18.00, Mark Antonio Bentegodi
Gollar
: 1:0 – 13 Cesar, 1:1 – 45 Kuadrado, 1:2 – 64 Kuadrado.
Kevo – Pudjoni, Kleyton, N. Frey, Cesar, Drame, Estigarribia (Sestu, 70), Radovanovich (Samassa, 88), Xetemay, Bentivolo (Pellisse, 78), Tereo, Paloski.
Fiorentina – Neto, Tomovich, Savich, Gonsalo, Paskual, Kuadrado, Pisarro, Borxa Valero, Akvilani (Vargas, 78), Xoakin (Matos, 59), Rossi (Vesino, 85).
Ogohlantirishlar: Gonsalo (41), Kuadrado (42), Radovanovich (43), Cesar (68), Sestu (72), Xetemay (90), Borxa Valero (90).

Kataniya – Sassuolo 0:0 (0:0, 0:0)
27 oktyabr, 18.00, Anjelo Massimino
Kataniya
– Anduxar, Biragi, Domber, Rolin, Almiron (Leto, 79), Kastro, Taxcidis (Guarente, 70), Isko, Plashil, Keko (Lopes, 55), Berxessio.
Sassuolo – Pegolo, Antey, Longi, Byanko, Mardzoratti (Acherbi, 41), Skelotto, Manyanelli, Missiroli, Kurtich, Berardi (Laribi, 60), Floro Flores (Dzadza, 77).
Ogohlantirishlar: Manyanelli (50), Laribi (76), Berxessio (81).

Bolonya – Livorno 1:0 (1:0, 0:0)
27 oktyabr, 18.00, Renato Dall'Ara
Gol:
1:0 – 3 X. Krespo.
Bolonya – Kurchi, Sorensen, Natali, Mantovani, X. Krespo (Garich, 54), Laksalt (Peres, 79), Krxin, Kone, Chex (Morleo, 46), Kristaldo, Diamanti.
Livorno – Bardi, Chekkerini, Mbaye (Borxa, 82), Koda, Emerson, Skyattarella, Luchi, Dankan (Pichchini, 53), Byadjanti, Emegara (Siligardi, 46), Paulino.
Ogohlantirishlar: Diamanti (43), Pichchini (76), Kristaldo (81), Koda (81).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia