“Istiqlol“ bosh murabbiyi yana bir o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma tuzishni istamoqda

Khoja
13 iyul 2025, 07:00
“Istiqlol“ bosh murabbiyi Rikardo Sapinto hujum chizig'ini kuchaytirish uchun rahbariyatga ikki nafar futbolchining nomini ma'lum qilgan.

Ro'yxatdan O'zbekiston MTJ a'zosi Igor Sergeev ham o'rin egallagan. Murabbiy yangi mavsumda jamoaning hujum chizig'ida aynan “Paxtakor“ futbolchisini ko'rishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, Sergeev yil boshida “Paxtakor“ga qaytdi. U ayni vaqtda 11 ta gol bilan Superliga to'purari bo'lib turibdi.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda “Istiqlol“ safida O'zbekiston MTJning ikki nafar a'zosi Jaloliddin Masharipov va Rustam Ashurmatov harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia