Ispaniyada muxlislarning stadionga qachon qaytishi ma'lum bo'ldi

Alisher
30 may 2020, 11:11
La Liga o'yinlarida stadionlar 2021 yilning yanvar oyida to'liq to'ladi.

Bu haqda COPE jurnalistlari xabar bermoqda. Gap 12 sentyabrda Ispaniyada boshlanadigan yangi mavsum haqida ketmoqda.

O'sha yilda stadionga muxlislarni kiritish asta-sekin boshlanadi. Birinchi turdan stadionlar 30%ga to'ladi. Noyabr oyida esa o'rindiqlarning yarmini to'ldirish rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, La Liga o'yinlari 11 iyunda, aniqrog'i "Betis" va "Sevilya" jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan restart oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: COPE