Ispaniyada "Feyenoord"ning 6 nafar muxlisi hibsga olindi

Оқил Абдубарноев
5 okt 2023
Ispaniya policiyasi kecha "Atletiko" va "Feyenoord" o'rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi o'yini paytida stadionning VIP hududida tartibsizlik keltirib chiqargan mehmonlarning olti nafar muxlisini hibsga oldi.

Policiya manbasining izoh berishicha, ulardan besh nafari boshqalarga jarohat etkazishda gumon qilingan, oltinchisi esa rasmiylarga hujum qilgani uchun qo'lga olingan.

Manbaga ko'ra, VIP hududida bo'lgan "Atletiko"ning besh nafar muxlisi tan jarohati olgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Derportivo