Ispaniya terma jamoasining uy uchrashuvlaridagi mag'lubiyatsiz seriyasi 38 ta rasmiy o'yinga etdi

12 sen 2018, 07:20
Kecha Millatlar ligasi o'yinlari doirasida ispanlar o'z maydonida xorvatlarni 6:0 hisobida engdi.

Bu g'alaba orqali jamoa o'zining rasmiy uy uchrashuvlaridagi mag'lubiyatsiz seriyasini 38 ta o'yinga etkazdi. Shundan jamoa 34 o'yinda g'alaba qozonib, 4 tasida esa durang qayd etgan. Ispanlar so'nggi bor o'z uylarida Gretsiyaga 2003 yilda Evro-2004 saralashi doirasida 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live