Ispaniya terma jamoasi ustozi Morata haqida: "U boshqa mamlakatda bo'lganida Alvaroni afsona deyishardi"

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2024, 13:47
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Alvaro Morata manziliga bo'layotgan tanqid haqida gapirdi.

Ispaniyaliklar forvardi Evro-2024ning 6ta bahsida 1ta gol urdi.

"Ispaniyada yaxshi narsani tan olish qiyin. Bunga yorqin misol - Alvaro Morata. Uning statistikasi superyulduznikidek.

U Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarixidagi to'rtinchi to'purar. U top darajada klub bilan sovrinlar qo'lga kiritgan.

Alvaro boshqa mamlakatda afsona deb hisoblanardi. Ammo bizda unday emas. Uni to'liq qo'llab-quvvatlayman" - dedi Luis de la Fuente.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca