Ispaniya Superkubogida qatnashadigan klublar o'yinlar uchun qancha chipta sotgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
6 yanv 2020, 19:56
Ispaniya Superkubogining yangilangan formati muxlislarga maqul kelmagan ko'rinadi.

"El Mundo" xabariga ko'ra, klublar o'zlari mo'ljallagan chiptalarning atigi 9 foizinigina sota olishgan. Masalan, "Atletiko" 50, "Valensiya" 26, "Barselona" 300ga yaqin, "Real" esa 700dan oshiq chiptalar sotishni uddalagan.

Chiptalarning asosiy xaridorlari esa Yaqin Sharq mamlakatlariga to'g'ri kelmoqda.

Ispaniya Superkubogi doirasidagi o'yinlar Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Bir kishi Ispaniyadan turnir o'tadigan davlatga ketishi uchun 1600 evrodan oshiq mablag' kyetib qoladi.

Ispaniya Superkubogi finalida "Valensiya" "Real" bilan o'ynasa, "Barselona" "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Mundo