Ispaniya kubogi. “Real” yangi murabbiy qo'l ostida yirik g'alabaga erishdi

1 noya 2018, 01:48
Ispaniya kubogi 1/16 finali doirasida "Qirollik klubi" “Melilya” jamoasi mehmoni bo'lib, 4:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Madridliklar safida Benzema, Asensio, Odriosola va Gonsales gol muallifiga aylanishdi.

Bu “Real”ning yangi ustozi, argentinalik mutaxassis Santyago Solarining "Qirollik klubi" murabbiyligidagi debyut o'yini bo'ldi.

Mazkur jamoalarning javob bellashuvi 5 dekabr kuni Madridda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia