Ispaniya FF Superkubok o'yini Marokashda o'tkazilishini tasdiqladi

Aziz Tukhtamuradov
10 iyul 2018, 01:49
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi mamlakat Superkubogi o'yinini yagona uchrashuvdan iborat bo'lishi va uning Marokashda o'tkazilishini rasman tasdiqlab berdi.

Ushbu o'yin 12 avgust, yakshanba kuni Marokashning Tanjer shahrida bo'lib o'tadi. Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritish uchun “Barselona” va “Sevilya” jamoalari maydonda saf tortishadi.

Avval xabar berilganidek, har bir jamoa o'zi uchun ajratilgan 6 000 dona chiptaga ega bo'ladi. Qolgan chiptalar esa internet orqali sotuvga chiqariladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif