Ispan grandi Xabi Alonsoni bosh murabbiylik uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rmoqda

Alisher
24 fev 2024, 23:31
"Real" "Bayer" ustozi Xabi Alonsoni Karlo Anchelottiga asosiy o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

"Real" rahbariyati eshikni Xabi Alonso uchun ochiq tutadi va u Karlo Anchelotti ketgan har qanday payt jamoani qabul qilib olishi mumkin. Shu bilan birga, "qaymoqranglilar" ispan kelasi mavsum "Bayer"da qolishini talab qilishmayapti.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alono Leverkuzen klubiga 2022 yilda kelgandi. "Bayer" hozirda Germaniya Bundesligasida ikkinchi o'rinni egallab turgan "Bavariya"dan 11 ochko ilgarilab ketgan holda jadvalda yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport1