

Tarixiy Jahon chempionatiga yo'llanma olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan BYD mashinalari sovg'a qilindi. Oxirgi yig'inda terma jamoaga chaqirilgan Islom To'xtaxo'jaev o'z avtomashinasini bundan oldingi yig'in va o'yinlarda muntazam qatnashib kelgan va oxirgi yig'inga kechroq jalb qilingan Bobir Abdixoliqovga sovg'a qildi.



