

Joriy yil Superligada debyut qilayotgan "Turon" jamoasining natijalarini yaxshi, deb bo'lmaydi.
Jamoa Superligada hali g'alaba qozona olgani yo'q. "Qizilqum" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiy Islom Ismoilov iste'foga chiqqandi. Ma'lumotlarga qaraganda, o'tgan yildan beri klub tizimida faoliyat yuritib kelayotgan, o'rinbosarlar tarkibini boshqarayotgan Murod Ismoilov ham klubni tark etdi. Mutaxassis ayni paytda klub bilan birga emas.



