

"Iroqlik hamkasblarning yozishicha, mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets 8 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekiston termasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish taklifini rad qilgan. Sababi shundaki, o'yin o'tkazilsa, iroqliklar O'zbekistandan Gonkongacha bo'lgan masofani bosib o'tishlariga to'g'ri keladi. U yerda 13 oktyabr sanasida JCH-2022/Osiyo kubogi-2023 saralashi doirasida rasmiy uchrashuvda maydonga tushishlari kerak", - deyiladi xabarda.



