Hussam Hassan boshchiligidagi Iordaniya milliy terma jamoasi 7 sentyabr kuni Toshkentga yetib keldi. 10 sentyabr kuni Paxtakor markaziy stadionida O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan Iordaniya milliy terma jamoasi 7 sentyabr kuni Toshkentdagi JAR stadionida ilk mashg'ulotlarini o'tkazdi.
Takidlash lozim, O'zbekiston - Iordaniya uchrashuvini tomosha qilish uchun FIFA vice-prezidenti va Iordaniya Futbol Uyushmasi prezidenti Shaxzoda Ali bin Husayin tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik. Shaxzoda Ali bin Husayin boshchiligidagi Iordaniya futboli rasmiylaridan iborat delegaciya 9 sentyabr kuni Toshkentga tashrif buyuradi.
Eslatib o'tamiz, 6 sentyabr kuni Amman shahrida bo'lib o'tgan pley-offning dastlabki uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan. O'zbekiston hamda Iordaniya milliy terma jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi 10 sentyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi.