Inzagi Lukakuning holatiga baho berdi

Mirjalol Normatov
10 mar 2023, 21:50
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi jarohatlar sababli ko'plab uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan Romelu Lukakuning holatiga baho berdi.

"Lukakuning jamoaga qanchalar muhimligini yaxshi bilamiz. So'nggi vaqtlar uning uchun qiyin o'tdi. Endi sekin-sekin uning o'yini yaxshilanib borayotganini ko'ryapmiz. U har kuni yaxshi mashg'ulot qilmoqda va YCHLda "Portu"ga qarshi o'yinda kerakli golni urdi.

U jismoniy holatini yanada yaxshilashni davom ettirishini istaymiz. Shu orqali u mavsumning yakuniy qismida jamoaga katta yordam bera oladi", - dedi mutaxassis.

Ushbu mavsumda 29 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 16 o'yinda qatnashib, 4 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal